Mustaqillik tashrifi

No comments »

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag’ishlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,Chust tuman bo’linmasi ijodkor yoshlar va tuman hokimligi axborot xizmati “MEN BUYUK YURT FARZANDIMAN” shiori ostidagi tanlovga.
Chust tuman 49-IDUMning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Umarova Dilnozadan hikoya.

Qadim-qadimda juda olis tomonda, uzoq yillar oldin bir yurt boʻ lib, uning aholisi samimiy, mehmondoʻ st, ahil boʻlgan ekan. Ular shu qadar mehmondoʻst ekanki, hatto bir-birlarini ham yer-u koʻkka ishonmas ekanlar. U yurt insonlariga doimo oʻzga yurt aholisi hasad bilan qarar edi. Nega bu yurt odamlari bir-birlarini juda ham hurmat qilar, doimo birdamlikda umrguzaronlik qilisharkin deya oʻylashibdi. Kunlardan bir kun bu g’animlar yurtga bostirib kelibdilar. Yurtni parokanda qilmoqchi bo’lishdi. Oʻrtada mehr, oqibat, ahillik, birdamlik tuyg’ulari sarson bo’lishdi. Ular bir-birlarini yoʻqotib qoʻymaslik uchun qoʻllarini mahkam tutishdi. Buni koʻrgan g’animlar ham chekinishmadi. Ularning mustahkam tutgan qoʻllarini uzmoqchi boʻldi, bu qoʻllar esa also uzilmadi. Yurt insonlari birdamlikda, jonlarini fido qildilar. Jonajon yurtlarini hech kimga berishni istamadilar. Chunki bu yurt ular uchun –ONA ZAMIN edi. Bunday fidoiylikni koʻrgan g’anim bu yurt insonlarining qaddini buka olmasligini bilib chekina boshlabdi. Uzoqda jimgina kuzatib turgan MUSTAQILLIK   bu yurt insonlari orasida mehmon boʻlishni xohlab, odamlar orasiga kirdi. Uni juda ham iliq kutib olishdi, bor mehr- muhabbatlarini berishdi. Bu jonkuyarlikni, tantilikni ko’rgan mustaqillik bu yurtda umrbod qolishga ahd qilibdi. Insonlar uni shu qadar mahkam bag’irlariga quchib olishibdiki, also qoʻyib yuborishmabdi. Mustaqillik hozir ham shu yurtda mehmon ekan. Bu yurt-OʻZBEKISTON VATANIM edi. Oʻzbekiston-jannatmakon yurt. Har bir qarich yeri oltinga teng. Mustaqillikning bu yurtda mehmon boʻlganiga ham 30 yil toʻldi. Hozir ham insonlarni oʻz quchoqlaridan ozgina boʻlsada qoʻyib yuborishmadi. Bor jonlari bilan uni himoya qilmoqdalar.

Yurtning har qarichi dunyolarga teng,

Goʻzal diyorim-u,hur maskanim,

Hamisha shaydirman  ximatingga men,

Ey,ona xalqim Oʻzbekistonim.

No comments »

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Umarova Dilnozaning Xalq ta’limi vazirligining mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlari o’rtasida “30 yillikka 30 ta mukofot ” tanlovida ishtirok etish uchun  yozgan maqolasi

Dunyoda eng murakkab,eng mashaqqatli kasb-bu o’qituvchilik.Bu tabarruk nomga erishish uchun qanchadan qancha qiyinchiliklar yengib o’tiladi. Men ham bolaligimdan shu kasbga qiziqqanman.ustozlarimdek bo’lishni niyat qilganman. Shu orzu sari ildam harakat qildim. Nihoyat orzuimga erishdim. 2013-yil Toshkent viloyati Davlat pedagogika institutini tamomlab, o’zim tahsil olgan, qishlog’imdagi 49-IDUM ga ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi bo’lib ishga kirdim. Shu qisqa vaqt oralig’ida juda ko’p yutuqlarga, qalbi nurga to’la mehrli pedogog jamoasiga,bilimli va aqlli o’quvchilar mehriga ega bo’ldim.O’quvchilarim “Ustoz” deb murojaat qilishganda,qalbim mehrga ,yanada ko’proq bilim berishga intilaman.Har yili maktab boshlanganda,birinchi dars “Mustaqillik darsi’’ bo’ladi.Ushbu darsni yuragimda faxr, iftixor tuyg’usi bilan zavqlanib o’taman.Bu yil Muastaqillikka erishganimizning 30 yillik to’yi. Bu davrda barcha sohalarda yuksak ,misli ko’rilmagan ijobiy o’zgarishlar  olib borildi.Xususan,pedagog xodimlarga ham imkoniyatlar yaratildi, ularning nufuzi el orasida yanada oshdi. Moddiy tomondan ham sezilarli darajada ijobiy ishlar amalga oshirildi.Men ham o’z faoliyatim davomida, garchi yosh bo’lsamda berilgan imkoniyatlardan to’la foydalanib, muddatidan avval oliy toifaga ega bo’ldim. Ta’lim bergan o’quvchilarim oliygoh talabalari  bo’lishdi.Chust tumanimizda  2020-yil ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari orasida eng jonkuyar,kasbiga sodiq, yetuk, izlanuvchan pedagoglar hayoti, ilmiy va ma’rifiy ishlari yoritilgan “Ma’rifat fidoyilari” to’plami nashr etildi.ushbu to’lamga mening ham amalga oshirgan ishlarim, yutuqlarim loyiq deb topilib, ushbu to’plamdan joy oldim.

Men faoliyat olib borayotgan ilm dargohi-49-IDUM nafaqat tumanda ,balki viloyat,respublikamizda ham o’z mavqei va nufuziga ega.Maktabda ham yaqin besh yil ichida ko’p yutuqlarga erishildi.Pedagog jamoamiz  juda ham ahil va doim birdamlikda faoliyat olib boramiz.Shuning uchun ham barcha  o’quvchilarimiz yurtimizdagi oliygohlarga, balki chet el nufuzli oliygohlarida ham grand asosida ta’lim olishadi.

Men shu yurtda tug’ilganimdan,shu muqaddas dargohda pedagog sifatida faoliyat olib borayotganimdan doimo faxrlanaman.

30-DARS MOOC ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH

No comments »


MOOClar yaratilganidan buyon shu kungacha ko‘plab
ijobiy fikrlarni to‘pladi hamda dunyo bo‘yicha millionlab
masofadan ta’lim oluvchilar armiyasini shakllantirdi. MOOС
platformalari: o‘quv materialini qiziqarli, ko‘ngilochar (o‘yinli),
interfaol shaklda taqdim etadi; ilmga qiziqishni uyg‘ota oladi;
kelajagi porloq sohalar haqida fikrlarni shakllantiradi; oliy
ta’lim muassasasini tanlashda yordam beradi; chet tillar
(aksariyat hollarda ingliz tili)ni chuqur o‘rganish imkoniyatini
beradi.
Har tomonlama kamol topishga intilgan inson MOOC
platformalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradi.
BUNI BILASIZMI?
MOOC platformalarida ro‘yxatdan o‘tish qanday amalga oshiriladi?
MOOC platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
MOOC platformalari orqali sertifikat olish mumkinmi?
DIQQAT Khan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yo‘naltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan
notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha
Google, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilot hamda shaxslarning
xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi.
Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va o‘zini sinab ko‘rish uchun juda
ko‘p interfaol xususiyatlarga ega. Platforma o‘zida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar
va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli
ravishda, Khan Academy kurslari maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, platformada
matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari joylashtirilgan.
Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga
tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya o‘qituvchi va
ota-onalarga standart o‘quv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining o‘zlashtirishini kuzatib
borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa
foydalanuvchi va o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishi mumkin

14-DARS. CMSDA MAQSADGA YO’NALTIRILGAN WEB-SAYTLARNI YARATISH

No comments »

Lokal web-serverga maqsadga yo’naltirilgan sayt uchun platforma o’rnatish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

1)kompyuterga lokal web-server to’plami o’rnatiladi;

2)maqsadga yo’naltirilgan sayt uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi;

3)sayt domenining nomi lokal web-server domentlari ro’yxatiga qo’shiladi;

4)sayt uchun platforma o’rnatiladi

WordPress.com taklif etgan bepul xosting yordamida sayt yaratish

  1. WordPress.com saytida ro’yxatdan o’tiladi.
  2. MySite bo’limiga o’tib, Create site tugmachasi bosiladi(1)
  3. Ochilgan muloqotli oynada domen uchun nom yoziladi (masalan, meningkitoblarim). Pullik va bepul taklif etilgan domen nomlaridan nomi free (bepul) sifatida ko’rsatilgan Select tugmachasi orqali ushbu domenni tanlaymiz.
  4. MyHome(3) bo’limida your site has been Createed! Xabari paydo bo’ladi va saytni sozlash uchun Get started tugmachasi tanlanadi(4). Keyingi qadamda pullik va bepul variantlar taklif etiladi, bepul varianti tanlash uchun Start with a free site tanlanadi.
  5. MyHome bo’limi yordamida sayt nomi va menyu nomlari kiritiladi va tahrirlanadi(3)
  6. Free domain with a plan (2) yordamida kompyuter , planshet va mobil telefondagi qurilmalarga mos sayt umumiy interfeysini ko’rib chiqish mumkin.

ESLAB QOLING

WordPress.com-bepul xosting. U xosting va domen uchun pul to’lamagan holda WordPress platformasida sayt yaratish imkoniyatni beradi.

Maqsadga yo’naltirilgan sayt platformasi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish

1.OpenServer ishga tushganligi (Run server buyrug’i amalga oshganligi) tekshiriladi

2. Open Server menyusi (bayroqcha) ni bosib, Anvanced bo’limidan PhpMyAdmin tanlanadi.

3. Ma’lumotlarcbazasini boshqarish tizimiga login (root) va parol (root) kiritiladi.

4. Databases bo’limiga o’tib (1), sayt ma’lumotlar bazasi uchun baza yaratiladi. Database name bo’limiga sayt bazasi nomi (masalan, db_kitob) kiritiladi (2) va Create tugmachasi bosiladi(3)

Sayt domeni nomini lokal Web-server domenlari ro’yxatiga qo’shish

  1. WordPress.org manzilidan wordpress download tugmachasi orqali wordpress platformasi yuklab olinadi.
  2. OpenServer menyusini bosib, Project folder bo’limi tanlanadi, ochilgan papkaga yuklab olingan WordPress arxiv fayli ko’chirib o’tkaziladi
  3. Arxiv papka ushbu papka (domains papkasi)da ochiladi va u kitoblar deb nomlanadi.
  4. OpenServer menyusini bosib, Settings oynasida Domains ilovasiga o’tiladi(1). Domains management qismidan Manual control tanlanadi.Domain name qismiga domenning nomi (masalan, kitoblar) yoziladi(2) va Domain folder qismida papka (masalan, kitoblar) tanlanadi(3). Domenning nomini qo’shish uchun Add (4), so’ngra Save tugmachasi bosiladi.
  5. OpenServer qayta yuklanadi (Restart server) ko’rsatmasi tanlanadi. By Rahimov Umidjon